avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanidagi 27-umumiy o`rta ta'lim maktabi 8-«B» sinf o`quvchisi Sotiboldiyeva Hilolaning «Mening bobom, buvim — mahallamiz faxri» mavzusida yozgan inshosi
Reja:
1. Qadri baland yurtning qariyalari.
2. Buvijonim sarishta, bobojonim farishta.
3. Qari bilganini — pari bilmas.
4. Keksalarni e'zozlash muqaddas burch.
Har tong uyqudan ko`z ocharkanman, osmonimiz musaffoligiga, yaqinlarimning salomatligiga, beg`ubor osmon to`la qushlarning sayrashiga, qo`shni mahalladan kelayotgan to`yning aks-sadosiga quloq tutib Yaratganga behisob shukrlar aytaman. 
Bugungi bahtiyor kunimga, kundan-kunga chiroy ochayotgan qishlog`im husni — jamoliga, tinch-farovon hayotimizga, to`kinchinlikka, butun dunyo ahli havas-la bo`qsa arziydi.
Mustaqil yurtimizning bugungi kun shiori «Bu yorug` olamda azizdir inson» ekanligiga yana bir karra amin bo`lasiz, kishi. 
Zero, qadriyatlar qadirlangan elda inson qadri har nedan baland. 
Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni «Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilinishi, fikrimiz dalilidir. Shu munosabat bilan qabul  qilingan Davlat dasturining asosiy negizi ham ana shu masalaga qaratilgan. Keksalarga g`amxo`rlik ko`rsatish, e'tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi sifatini oshirish uchun nafaqa ta'minoti, so`gliqni saqlash sohalarida ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasida qulay xizmatlar tizimini shakillantirish dasturning bosh maqsadi.
Buvijonim oilamiz farishtasidirlar. Ular uymizning nuri-gavharidirlar Buvim borlar uyimizda sarishtalik bor, nurli yuzlaridan doimo tabassum arimaydi. «Ona qizim, barakalla, acha qizim, tuproq olsang, oltin bo`lsin, umring uzun, serfarzand, serdavlat bo`lgin», — deb erkalab, suyadilar. Bobojonim oilamizning kattasidirlar. Shuning uchun u kishining har bir aytgan gaplari biz uchun o`git. Ularning o`gitlariga quloq solsak, hayot yo`llarimiz farovon bo`ladi.
Mehr — muruvvatda tengi yo`q inson,
Bolam, bo`tam, deb yashaydi bobom.
O`zini o`ylamay, qaridi buvim,
Bu kuni sizgadir eng ezgu kalom.
Uyimiz to`rida e'zozda har on,
Dadam, onam buvim va bobom.
“Qarisi bor uyning — parisi” bor. Har bir farzand o’zining keksa ota-onasiga suyanch, tayanch bo’lishi lozim. Chunki u farzand bugun o’z qariya ota-onasiga qanday munosabatda bo’lsa, erta uning farzandlari ham o’ziga huddi shu munosabat va muomalani qaytaradi. Shunday ekan “Nima eksang, shuni o’rasan”iborasi bejizga keltirilgan emas. Shuning uchun har bir inson kelajagini oldindan o’ylagan holda o’zini tuta bilib, kattaga hurmatda- kichikka izzatda bo’lishi lozim. Biz farzandlar, nevaralar esa, keksa bobo va buvilarimizdan eshitayotgan har bir ibratli so’zlarini misli o’git singari yodlab olmog’imiz va ularga amal qilmog’imiz lozim.
Inson dunyoga kelibdiki, uning eng oltin davri bu-bolalikdir. Shundan so’ng u ota-ona bo’lib faqat va faqat farzandlari uchun yashaydi. Ularning tinchligini o’ylaydi. U faqatgina umrining so’ngi yillarida keksalik gashtini surishini, farzandlari e’tiborida bo’lishini istaydi. Shunday ekan, har bir farzand uchun o’z ota-onasi qariganida unga g’amxo’rlik qilib, uni e’zozlashi ham farz, ham qarzdir. Buni har birimiz yodimizda saqlamog’imiz lozim!
Davlatimizning bunday g’amxo’rligidan barcha keksalarimiz shod jumladan mening bobom Xolmamat bobo uzoq yillar shirkat xo’jaligida suvchi, brigadir lavozimlarida halol mehnat qilganlar. Dehqonchilik sohasida mohir bo’lganlar. Hozirda u kishini hamma usta dehqon sifatida bilib, maslahatlar so’rashadi. Bobom garchi nafaqada bo’lsalar ham, tinib-tinchimasdan o’z tomorqalarida bog’ yaratganlar. U kishini dehqon bobo deb ulug’lashadi. Mening bobom singari qariyalar yurtimizda ko’plab topiladi. Buvim esa, mahallada o’z tengqurlari ichida o’zlarining og’ir-vazminliklari, donoliklari bilan ajralib turadilar. Men ular bilan faxrlanaman.
Keksalarga cheksiz hurmat va ehtirom tariqasida Yurtboshimiz tomonidan bu yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi va 14-aprelda qabul qilingan “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni keksalarimizga qo`shimcha rag`bat va madad bo`ldi.
Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko`nglini ko`tarish yo`lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandi. Bu ham keksalarimizga e’zoz va ehtiromning mantiqiy davomidir.
Osuda hayotimiz yo`lida kurashgan matonatli keksalarimizning ulug` duolari tufayli tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz.
O`zini hurmat qilgan ota-onalar ro`zg`orini moddiy tomondan ta’minlash, yangi imorat qurish yoki mashina sotib olish singari og`ir yumushlarni hech qachon voyaga yetmagan bolalari zimmasiga tashlab qo`ymaydilar. Lekin bu degani oila ishlarini, uning tashvishlarini faqat kattalar tortishi kerak degani emas. Oilada, agar sinchiklab qarasangiz, hammaga ish topiladi. Yana ham to`g`rirog`i oila ishlarining yurishishi, uning sog`lom va mustahkam bo`lishi sababchilari keksalarimizdir. Oilada bolaning ongi rivojlanishida ham keksalarning o`rni beqiyosdir. Chunki ular ulkan hayot tajribalariga egadirlar.